Uzum navlari O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jaligi Davlat reestriga 50 ta uzum navi kiritilgan.Vinobop navlar: “Aleatiko”, “Bayan shirey”, “Kuldjinskiy”, “Magarachskiy”, “Morastel”, “Muskat aleksandriyskiy”, “Muskat vengerskiy”, “Muskat rozoviy”, “Muskat uzbekistanskiy”, “Rkatsiteli”, “Saperavi”, “Risling”, “Tarnau” respublikada keng tarqalgan. Uzumchilikni rivojlantirish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar 2021-2024-yillar davomida 48 ta uzumchilikka ixtisoslashgan tumanda 156 ming gektar yangi uzumzorlarni barpo etish belgilangan bo‘lib, o‘tgan davr mobaynida 85 ming gektar (55%) uzumzorlar barpo etildi.Akademik Maxmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik hamda O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot institutlarida 1 000 dan ortiq uzumning kolleksion navlari yaratildi.Bundan tashqari, Rossiyaning “Kurchatovskiy” instituti va “Magarach” ilmiy markazlari, Avstriyaning Uzumchilik va vinochilik Oliy federal kolleji va Italiyaning Boloniya va Florensiya universitetlari bilan uzumning yangi navlarini yaratish bo‘yicha ilmiy hamkorlik amalga oshirilmoqda.Shu tariqa kafedra professor-o‘qituvchilari o’zilarini qiziqtirgan savollar bilan ma’ruzachi va talabarga murojaat qildilar va seminar savollarga boy hamda ko’tarinku ruhda o’tdi.