Xitoy Xalq Respublikasining Shansi provinsiyasi partiya qo‘mitasi kotibi o‘rinbosari Chjan Chunlin boshchiligidagi delegatsiya Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi.
Joriy yilning 25-26 may kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Shansi provinsiyasi partiya qo‘mitasi kotibi o‘rinbosari Chjan Chunlin boshchiligidagi delegatsiyaning Xorazm viloyatiga tashrifi amalga oshirilmoqda. Bugun ushbu delegatsiya Urganch davlat universiteti faoliyati bilan tanishish va hamkorlik o‘rnatish maqsadida oliygohga tashrif buyurdi.
Tashrif asnosida Shansi provinsiyasi partiya qo‘mitasi kotibi Chjan Chunlin va qo’mita kotibiyati mudiri o‘rinbosari Van Chenyu boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari va Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev rahbarligida universitet prorektorlari, dekanlari ishtirokida rasmiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Muloqotda dastlab rektor B.Abdullayev Urganch davlat universitetining Xitoy oliy taʼlim muassasalari bilan bugungi kundagi hamkorlik aloqalari haqida alohida toʻxtaldi. Shuningdek, mehmonlarni Urganch davlat universitetining tashkil etilishi va bugungi kundagi keng qamrovli faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi. Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor S.Xodjaniyozov tomonidan universitetning oʻquv, ilmiy-innovatsion faoliyati, xalqaro hamkorlik aloqalari, talabalar va professor-oʻqituvchilari uchun yaratilgan sharoitlar, moddiy texnika bazasi, texnopark hamda oʻquv va ilmiy-tadqiqotlarga yoʻnaltirilgan laboratoriyalari haqida taqdimot qilib berdi.
Uchrashuv natijasi oʻlaroq, kelgusida Urganch davlat universiteti va Xitoyning Shanxi universiteti bilan aniq va tabiiy fanlar, texnika va qishloq xoʻjaligi sohalarida hamkorlikni amalga oshirishga kelishib olindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar bir-birlariga esdalik sovgʻalari taqdim etdilar.