Urganch Davlat Universiteti "Tarjima nazariyasi va amaliyoti" kafedrasi, mudiri, dotsent Raximova Go'zal Yuldashovna Malayziyaning Xalqaro Islom universiteti taklifiga binoan universitet talabalariga onlayn ma`ruza o'qidi.
Ma`ruza 2024-yil 8-may kuni, onlayn tartibda, "Reduplication across languages" mavzusida bo'lib o'tib, ma`ruzada 80 ga yaqin tinglovchi ishtirok etdi. Dars so'ngida Dotsent Raximova talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.