Bugun, 8-iyun kuni Urganch davlat universitetida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashining kengaytirilgan yigʻilishi davomida berilgan topshiriqlar boʻyicha 50-sonli bayoni bilan tasdiqlangan dasturning 11-bandida belgilangan topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida Xorazm viloyatidagi oliy taʼlim, akademik litsey va professional taʼlim muassasalarida faoliyat olib borayotgan maʼnaviyatga masʼul xodimlari uchun Zoom platformasi orqali “Maʼrifiy targʻibot” mavzusida oʻquv kursi bo’lib o’tdi.
Unda universitet birinchi prorektori D.Ibadullayev, “Tarix” kafedrasi dotsentlari R.Anyozov, B.Jumaniyazov, I.Nurmetov va universitet ta'lim-tarbiya maslahatchilari ishtirok etdi. Shuningdek, viloyatdagi bir qator oliy ta’lim muassasalari vakillari ham zoom orqali ishtirok etishdi.
O’quv kursi davomida “Maʼnaviyat hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerak”, “Bugungi dunyoning siyosiy mafkuraviy manzarasi va yoshlarda vatanparvarlik gʻoyalarini shakllantirish”, “Oliy taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tashkil etish: muammo va yechimlar” singari mavzularda ma’ruzalar qilindi.