Iste'dodli yoshlarni qo'llab-quvvatlash "Ulug'bek' jamg'armasi hamda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovning Respublika bosqichida 20-24 may kunlari Urganch davlat universitetining ham 5 nafar talabasi oʻz loyihalari bilan ishtirok etdilar.
????Tanlov natijalariga koʻra, Fizika-matematika fakulteti talabasi Ismoilov Doniyor va Kimyoviy texnologiya talabasi Baltabayeva Umida 6 800 000 soʻmlik voucherni qoʻlga kiritgan boʻlsa, Kimyoviy texnologiya fakulteti talabasi Davletova Dilnoza, Fizika- matematika fakulteti talabasi Eshimetova Shahnoza, Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti talabasi Rustamov Bekzodlar "Eng faol ishtirokchi" nominatsiyasi g'oliblari bo'lishdi.