Bugun Urganch davlat universitetida kunning ikkinchi yarimida ham “Talabalar festivali – 2024” haftaligi doirasidagi tadbirlar qizg’in tarzda davom etdi. Haftalik doirasidagi “Startup” loyihalar tanlovida universitetning 6 ta fakultetidan talabalar katta qiziqish bilan ishtirok etishdi.
Tanlov ishtirokchilarining loyihalari orasidan Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti talabasi L.Rustamovaning “Desert tayyorlash”, Kimyoviy texnologiyalar fakulteti talabasi D.Davletovaning “Chiqindi mahsulotlarini qayta ishlash”, Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti talabasi D.Xusayinovning “Arqon ishlab chiqarish texnologiyasi” hamda Xorijiy filologiya fakulteti talabasi J.Sobirovning “Turkcha piknik” loyihalari eng yaxshi loyihalar deb topildi.