Unda Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev nutq soʻzlab, Urganch davlat universiteti mana shunday oliy darajadagi ilmiy konferensiyaga mezbonlik qilib turganidan bagʻoyatda mamnun ekanini bildirib, barcha xorijlik va oʻzbekistonlik mehmonlarga “Al-Xorazmiy va matematika vataniga xush kelibsizlar! Ushbu maktab yuqori saviya va qiziqarli o'tishiga ishonaman”, – deya ishonch bildirdi hamda maʼruza oʻqish uchun tashrif buyurgan xorijlik olimlarga minnatdorchilik izhor qildi.
Shundan soʻng, CIMPA tashkiloti direktori Christophe Ritzenthaler hamda loyiha koordinatori, UrDU prorektori Zafar Ibragimov 2 hafta davom etadigan loyihaning maqsadi va oldiga qoʻygan vazifalari, kelajak istiqbollari haqida soʻz yuritdilar.
Matematikaning Sonlar nazariyasi yo‘nalishi O‘zbekistonda yaxshi rivojlanmagan sohalaridan biri sanaladi. Har yili anʼanaviy tarzda tashkil etiladigan ushbu yozgi maktabning maqsadi ham aynan mana shu sohani rivojlantirishga qaratilgandir. Sonlar nazariyasi boʻyicha dunyoning yetakchi olimlari AQSh, Yevropa Ittifoqi va Rossiyadan taklif etilgan. Ochilish marosimidan soʻng, maktabning ilk maʼruzachisi Italiyaning Roma universiteti professori René Schoof tomonidan Sonlar nazariyasiga bagʻishlangan darslar boshlab yuborildi.
Ayni paytida yosh olimlar, ilmiy tadqiqotchi tinglovchilar professorning maʼruzasidan bahramand boʻlishmoqda.