Joriy yilning 28-iyun kuni davlatimiz rahbari raisligida yoshlar siyosatiga bag'ishlab oʻtkazilgan videoselektor yig'ilishida maktab, kollej, oliy o‘quv yurtlarining stadionlari, sport zali, basseyn va kutubxonalari mahalla yoshlari uchun doim ochiq bo‘lishi hamda yoz mavsumida sport musobaqalari, ijodiy tanlovlar va kino kunlari o‘tkazilishi belgilab berildi.
Aytish joizki, bugungi kunda Urganch davlat universitetga Urganch shahri va tumanlardan jami 12 ta mahalla biriktirilgan va ushbu mahallalar bilan doimiy tarzda hamkorlikda qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosi oʻlaroq, bugun Kimyoviy texnologiyalar fakultetining sport zallarida Urganch tumanining “Bo‘ston” hamda “O‘rta do‘rman” mahallalari yoshlari uchun sportning shaxmat va shashka turidan musobaqa tashkil etildi. Mahallalarning 50 nafarga yaqin yoshlari ushbu musobaqa asnosida oʻzaro doʻstlik va hamjihatlik ruhida birlashdilar.
Musobaqa yakunida gʻoliblar universitet hamda mahalla faollari tomonidan munosib ragʻbatlantirildi.