Bugun Urganch davlat universitetida 2024/2025-o‘quv yili uchun alohida iqtidor talab qiluvchi kunduzgi ta’lim yo‘nalishlariga kasbiy (ijodiy) imtihonlarning birinchi kuni oʻz ishini boshladi. Abituriyentlar erta tongdan imtihonga shay holatda universitetga tashrif buyurdilar. Ularni UrDU Qabul komissiyasi aʼzolari kutib olib, sinovlar haqida batafsil maʼlumot berdilar.
Bugun:
Sport faoliyati: futbol
Sport faoliyati: voleybol
Sport faoliyati: erkin kurash
Chaqiriqqacha harbiy taʼlim kabi yo‘nalishlarida jami 129 nafar talabgor kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etmoqda.
Kasbiy (ijodiy) imtihon jarayonlarida ishtirok etayotgan abituriyentlarning ota-onalari uchun soya-salqin kutish joylari tashkil etildi. Farzandining ishtirokini kuzatish hamda ularni qo’llab-quvvatlash maqsadida kelgan ota-onalarga kutish xonalarida onlayn kuzatish imkoniyatlari yaratildi.
Jarayonlarda Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev boshchiligida universitet rahbariyati ishtirok etib, imtihon sinovlarini kuzatib borishdi.