Bugungi kunda Respublikamizning barcha joylarida qovoq urug‘lari faol ekilmoqda va har bir hududda o‘ziga xos usullardan foydalanilmoqda. Xususan, Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani Do‘stlik massividagi “Dilkushod agro lider” fermer xo‘jaligining 20 gektar maydoniga 120 ming tup oshqovoq ko‘chatlari yaratilib ekish ishlari tashkillashtirildi. Bu yerda aynan urug‘ qadash bilan emas, balki ko‘chatlar orqali qovoq ekish yo‘lga qo‘yilgan. Bunda 1 gektar maydonga 6 ming tup oshqovoq ko‘chatlari ekiladi, bir tup oshqovoq ko‘chatidan 20 kg hosil olinadi. Qovoq ekinidan mo‘l hosil olish uchun yuqori sifatli, nav jihatidan toza urug‘lar ekilishi kerak. Zararkunandalar va g‘umbaklaridan toza bo‘lgan bir yil saqlangan qovoq urug‘i eng yuqori hosil beradi. 4–5 yil saqlangan urug‘lar unuvchanlik xususiyatini yaxshi saqlasada, hosildorligi keskin kamayishi mumkin.
Ular mustaqil o’z guruhi bilan birgalikda mavzuni tahlil qiladilar, tushunmovchiliklarni o’qituvchidan so’raydilar va dars tugashiga 20 minut qolganda guruhlar bir biri bilan savol javob qiladilar va baholanadilar.