Bugun abituriyentlar "Yoshlik" sport majmuasi hamda BMBA ning Xorazm viloyati bo'limidagi 4 ta binoda oliy va professional taʼlim muassasalariga kirish uchun davlat imtihonlarida ishtirok etishmoqda.
Urganch davlat universiteti professor-o'qituvchilari jarayonlarda faol ishtirok etib, abituriyentlarning imtihonga kirishlarida tartib-intizomni saqlashda, shuningdek, ularning buyumlarini saqlash joylarida faol xizmat qilmoqdalar.
Farzandini qoʻllab-quvvatlash, ruhiy dalda boʻlish niyatida birga kelgan ota-onalar salqin joylarda o‘tirib, farzandini testdagi ishtirokini ekran orqali tomosha qilishmoqda. U yerda universitetimizning volontyor psixologlari ota-onalarning kayfiyatini koʻtarish, ularni qiziqtirgan savollariga javob berish maqsadida suhbatlar olib borib borishmoqda.