Jarayonlarda Urganch davlat universitetining bir guruh professor-o’qituvchilari hamda volontyorlar jamoasi o’zlariga biriktirilgan binolarda faol ishtirok etib, sinovlarini sifatli, yuqori saviyada tashkil etishda va abituriyentlarning ota-onalarining qabul yuzasidan savollariga javob berishda xizmat qilishmoqda. Shuningdek, universitet Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens-nazorat" tizimini boshqarish bo'limi ham kutish joylarida faol ishtirok etib, turli noxush hodisalarni oldini olish maqsadida ota-onalar bilan profilaktik tushuntirish ishlarini olib bormoqda.
Test sinovlari kuniga ikki smenada boʻlib oʻtmoqda:
– 1-smena 08:00 dan 11:00 gacha;
– 2-smena esa 15:00 dan 18:00 gacha.
Test sinovlari toʻliq videokuzatuv orqali translyatsiya qilinmoqda hamda jarayonni https://test2024.uz/ sayti orqali onlayn kuzatib borish imkoniyati yaratilgan.