Bugun 2024/2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining beshinchi kuni

Abituriyentlar o’zlari xohlagan ta’lim yo’nalishlarida tahsil olish uchun o’z bilimlarini sinovdan o’tkazishmoqda. 

BMBA ning Xorazm viloyati bo'limidagi Urganch davlat universitetiga biriktirilgan binosida ota-onalar uchun salqin joylarda farzandini testdagi ishtirokini ekran orqali tomosha qilish imkoniyatlari yaratilgan. Shuningdek, universitetning professor-o’qituvchilari hamda volontyorlar guruhi ularni qiziqtirgan savollariga javob berish hamda ruhiy dalda bo’lishga ko’maklashmoqdalar. 

Sinov jarayonlarini https://test2024.uz/ platformasi orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin. 

Urganch davlat universiteti Matbuot xizmati jarayonlar to’g’risida ma’lumot berishda davom etadi.