Xorazm qovunchiligini keng targʻib qilish va bu orqali mahalliy hamda xorijiy sayyohlar eʼtiborini jalb etish maqsadida har yili an’anaviy tarzda o’tkazilib kelinayotgan “Qovun sayli” festivali qizgʻin davom etmoqda.
Shu oʻrinda “Qovun sayli” festivalida faol ishtirok etayotgan Urganch davlat universitetining salohiyatini yuqori darajada namoyish etishda o‘zining munosib hissasini qo‘shayotgan professor-o‘qituvchilar va ko‘ngilli talaba-yoshlarning mehnatlarini alohida e’tirof etish joiz. Jamoamizning tinimsiz izlanishlari va saʼy-harakatlari sayilning yuqori darajada oʻtishida munosib hissa boʻlmoqda.
“Qovun sayli” festivaliga tashrif buyurgan chet ellik mehmonlar Urganch davlat universiteti pavilonidan joy olgan qovun va turli poliz ekinlaridan tayyorlangan mahsulotlarga katta qiziqish bildirishmoqda. Qovunni qayta ishlash orqali tayyorlangan mahsulotlarni tatib ko'rishmoqda.
Barcha yurtdoshlarimiz va xorijlik mehmonlarimizni Urganch davlat universiteti palivoniga mamnuniyat bilan taklif etamiz. Keling, koʻring, yozning issiq kunida qovunli muzqaymoq va sharbatlardan, tarvuzli yaxna ichimliklar va kokteyllardan bahramand boʻling!