Rektor qurilishlarda boʻldi

22-avgust  kuni Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev Moliya va iqtisodiyot ishlari boʻyicha prorektor Alisher Atajonov hamrohligida oliygohda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarning borishini koʻzdan kechirish maqsadida qurilish obyektlarida boʻldi.

Dastlab universitetning asosiy hududida barpo etilib, foydalanishga topshirilish arafasidagi yangi kutubxonaning qurilish ishlarini borib ko‘rdi.  Quruvchilar bilan muloqot qilib, kutubxonaning jihozlanishi yuzasidan qoʻshimcha topshiriq va tavsiyalar berdi. 

Shundan soʻng, Urganch tumani “Mustaqillik” koʻchasida joylashgan Kimyoviy texnologiyalar fakulteti hududidagi 7 qavatli, 600 oʻringa moʻljallangan talabalar turar joyining qurilish va bunyodkorlik ishlarining borishi bilan tanishdi. Universitet talabalariga qulay va zamonaviy sharoit yaratish maqsadida barpo etilayotgan ushbu binoning quruvchilari bilan suhbatda boʻlib, zarur koʻrsatmalar berdi.