Zamonaviy algebra fanining yetakchi olimlari yana Algebraning Vatanida jamlandi

26-27 avgust kunlari Urganch davlat uiversiteti tasvirlar nazariyasi bo’yicha  Xitoy-O’zbekiston olimlarining Birinchi ilmiy anjumaniga mezbonlik qilmoqda. Urganch davlat universiteti, Yangi O’zbekiston universiteti hamda O’z.FAning Matematika instituti tomonidan tashkil etilgan ushbu anjumanda Xitoy va O’zbekiston olimlari bilan birga Kanada, Avstraliya, AQSH, Koreya, Yaponiya  kabi rivojlangan davlatlarning yetakchi ilmiy markazlaridan tashrif buyurgan 20 dan ortiq eng kuchli mutaxassislar qatnashmoqda.  

Anjumanning ochilish marosimida universitet rektori B.Abdullayev soʻzga chiqib, Xitoy oliy taʼlim muassasalari bilan yoʻlga qoʻyilgan hamkorlik aloqalari hamda matematika sohasi boʻyicha xorijlik olimlar bilan muntazam oʻtkazilib kelinayotgan xalqaro konferensiyalar haqida toʻxtaldi va navbatdagi anjuman ishiga rivoj tiladi.  Shuningdek, ochilish marosimida Yangi O’zbekiston universiteti professori F.Eshmatov, Xitoyning Pekin universiteti professori Jiping Zhang tabrik nutqini soʻzladilar. 
Shundan soʻng, xalqaro ilmiy anjuman olimlarning maʼruzalari bilan davom etdi.

Ma’lumot uchun, ushbu yirik ilmiy tadbir 20-30 avgust kunlari yurtimizning turli hududlarida bo’lib o’tmoqda.  Ishtirokchilar Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Nukus shaharlarida bo’lib, yurtimizning diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurishlari rejalashtirilgan.