Tasvirlar nazariyasi bo’yicha  Xitoy-O’zbekiston olimlarining Birinchi ilmiy anjumani davom etmoqda

26-27 avgust kunlariga mo’ljallangan Tasvirlar nazariyasi bo’yicha  Xitoy-O’zbekiston olimlarining Birinchi ilmiy anjumani bugun ham o’z ish faoliyatini qizg’in davom ettirmoqda. Dunyoning yetakchi ilmiy markazlaridan tashrif buyurgan 20 dan ortiq eng kuchli mutaxassislar ishtirokida o’tkazilayotgan mazkur konferensiya matematika sohasini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bugungi seminarda Avstraliyaning Melburn universiteti professori David Ridout, Chexiyaning Charlz universiteti professori Libor Krizka hamda Xitoyning Xiamen universiteti professori Nina Yu ma’ruza qilishmoqda.

Ma’lumot o’rnida, mazkur anjuman Urganch davlat universiteti, Yangi O’zbekiston universiteti hamda O’z.FAning Matematika instituti hamkorligida o’tkazilmoqda.