Urganch davlat universitetida matbuot anjumani va press-tur tashkil etildi

Bugun, 7-sentabr kuni Urganch davlat universitetida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik, talabalarni turar joy bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan keng jamoatchilik va OAV vakillari, blogerlar ishtirokida matbuot anjumani va press-tur tashkil etildi.

Matbuot anjumanida universitetda tahsil olayotgan talabalarning turar joylar bilan ta’minlash borasida olib borilayotgan keng qamrovli  ishlar yuzasidan  mas’ullarning axborotlari tinglandi. 

Press-tur davomida universitetda tashkil etilgan Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo'yicha ma'lumotlar markazi faoliyati hamda talabalar turar joylarining sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, TTJda nogironlar uchun yaratilgan  sharoitlar, yashash xonalari, maʼnaviyat xonasi va kutubxona, oshxona va yuvinish xonalari, toʻgaraklar xonalari hamda yangi sport kompleksi koʻzdan kechirildi, ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.