Urganch davlat universitetida tantanali tadbirdan soʻng, yangi o‘quv yilining ilk mashg‘uloti “Mustaqillik dars”lari bilan boshlandi. Yuqori saviyada tashkil etilgan dars mashg’ulotlarida talabalarga mustaqillikka erishish hamda uni mustahkamlash yo‘lidagi mashaqqatlar, mamlakatimizning taraqqiyot yo‘li, xalqaro hamjamiyatdagi obro‘- e’tibori haqida ko’plab ma’lumotlar berilmoqda.
Dars jarayonlarida talabalarga mustaqillik bergan imkoniyatlar, yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik va jadal rivojlanishlar haqida gapirib berilmoqda. Soʻnggi yillarda yoshlarning bilim olishlari uchun yaratilgan keng imkoniyatlar haqida atroflicha toʻxtanilmoqda.
Ahamiyatlisi, mustaqillik darslarda yuqori natijalarga erishgan turli soha vakillari hamda universitetimizning faxriy professor-oʻqituvchilari maʼruza qilmoqda.