Yurtimizda yoshlar masalasi davlat siyosati darajasida ekanligi barchamizga birdek ayon. Taʼkidlanganidek, Urganch davlat universitetida ham yoshlar uchun ko’plab imkoniyat va shart-sharoitlar mavjud. Joriy yilda universitetga o’qishga qabul qilingan talabalar bilan rektor uchrashuvlarida ham yoshlar ana shu keng imkoniyat va sharoitlar bilan yaqindan tanishtirilmoqda.
13-sentabr kuni Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayevning navbatdagi uchrashuvi Tabiiy va qishloq xo’jaligi fanlari fakulteti 1-bosqich talabalari ishtirokida o’tkazildi.
Dastavval, rektor B.Abdullayev mamlakatimiz va universitet ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar to’g’risida so‘z yuritdi. Shuningdek, oliygohimizda iqtidorli talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida to’xtalib, bu sharoitlardan unumli foydalangan holda yoshlarni ilm olishga chorladi.
Shuningdek, uchrashuvda birinchi prorektor D.Ibadullayev universitetdagi maʼnaviy-maʼrifiy jarayonlar haqida, Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens-nazorat" tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi X.Shixova esa korrupsiyaning turlari hamda korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etilganda qonun oldida javobgarlik mavjudligi haqida ma'lumotlar berdilar.
Uchrashuv davomida talabalar universitet ichki tartib-qoidalari, o‘quv jarayonlari va yakuniy nazorat tizimi haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.