UrDU talabalari Oʻzbekiston kubogi musobaqasining g'olib va sovrindorlari bo'lishdi

Joriy yilning 10-17 sentabr kunlari Urganch shahrida joylashgan "Yoshlik" sport majmuasida sportning ogʻir atletika turi boʻyicha kattalar va yoshlar (U20) oʻrtasida Oʻzbekiston kubogi musobaqasi boʻlib oʻtdi. 

Ushbu nufuzli musobaqada respublika boʻyicha 250 nafardan ortiq  sportchi ishtirok etdi. Xususan, Urganch davlat universiteti Sport faoliyati, pedogogika va psixologiya fakulteti "Yakka kurash" kafedrasi talabalari ham Xorazm terma jamoasi tarkibida faol ishtirok etib, gʻolib va sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritishdi. Talabalarimizga "Yakka kurash" kafedrasi oʻqituvchisi K.Ozodov murabbiylik qildi.

Natijalar quyidagicha boʻldi:

Xasanboy Berdiyev – 1-oʻrin; 333 kg (O'zbekiston kubogi; Kattalar o'rtasida -81 kg (erkaklar);
Xasanboy Berdiyev – 1-oʻrin; 333 kg (O'zbekiston kubogi; Yoshlar o'rtasida -81 kg (erkaklar);
Barchinoy Salayeva – 1-oʻrin; 177 kg (O'zbekiston kubogi; Kattalar o'rtasida -87 kg (ayollar);
Mexriniso Matyaqubova – 2-oʻrin; 155 kg (O'zbekiston kubogi; Yoshlar o'rtasida -55 kg (ayollar);
Mexriniso Matyaqubova– 3-oʻrin; 155 kg (O'zbekiston kubogi; Kattalar o'rtasida -55 kg (ayollar); 
Masharip Yuspov – 3-oʻrin; 291 kg (O'zbekiston kubogi; Yoshlar o'rtasida +109 kg (erkaklar).

E'tiborlisi, Bardiyev Xasanboy ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibiga qabul qilindi. 

Talabalarimizga oldinda turgan Osiyo va Jahon chempionatlarida omad tilab qolamiz!