Bugun, 17-sentabr kuni Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev Kimyoviy texnologiyalar fakulteti 1-bosqich talabalari bilan uchrashdi. Dastavval, rektor B.Abdullayev mamlakatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga to‘xtalib, bular avvalo, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilganini alohida ta’kidladi. Shu bilan birga, yosh avlod yaratilayotgan imkoniyatlarning qadriga yetishi, hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun astoydil harakat qilish lozimligini qayd etdi. Yoshlarga xorijiy tillarni o‘rganish, mehnat bozorida talab yuqori bo'lgan kasb-hunarlarni puxta egallash, bosh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha maslahatlar berdi.
Kimyoviy texnologiyalar fakultetining ilmiy-innovatsion sohada erishib kelayotgan yutuqlarini alohida eʼtirof etib, kelgusida ustozlar izidan borib, talabalarni bu borada munosib davomchilar boʻlishga chaqirdi.
Shundan so'ng, Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayevning 1-bosqich talabalari bilan navbatdagi uchrashuvi rektor maslahatchisi R.Sharipov hamrohligida Texnika fakultetida davom etdi. Uchrashuvda talabalarning darslar davomida olgan bilimlarini doimiy tarzda mustahkamlab borish yetuk mutaxassis bo'lib yetishishlarida muhim ahamiyatga ega ekanligi, bosh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari, qo‘shimcha mashgulotlar uchun universitetda yetarli sharoitlar mavjudligi haqida toʻxtaldi.
Bugungi kunda Energetika va Mexanika muhandisligi, Gidrotexnika va geotexnika muhandisligi, Mexatronika va robototexnika, Suv xo‘jaligi va melioratsiya, Logistika kabi qator sohalar rivojlanib borayotganligi va bu yoʻnalishlarga istiqbolli kadrlar zarurligi qayd etildi.
Rektor bilan muloqotda talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollari yuzasidan tegishli ma’lumotlarga ega bo’lishdi.