Yangi O‘zbekiston yoshlari – kelajagimiz va istiqbolimiz!

Urganch davlat universitetida yangi oʻquv yilining boshlanishi hamda yoshlarning bosh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari — kelajagimiz va istiqbolimiz!” shiori ostida  “Juma oqshomi” galakonserti  hamda kun davomida o’tkazilgan musobaqa va tanlovlarning g’oliblarini  taqdirlash marosimi bo’lib o'tdi.
Ko'tarinki ruhda tashkil etilgan tanlov va musobaqalar kechqurun "Juma oqshomi"  galakonserti bilan yanada jonli davom etdi. 

Unda universitet professor-o'qituvchilari va talaba-yoshlari faol ishtirok qilishdi. Tadbirni Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev kirish so'z bilan ochib berdi. 1-kursga yangi qabul qilingan talabalarni yana bir marta tabriklab, ularga yangi o'quv yilida yangi marralar, natijalarga erishishlarida muvaffaqiyat tiladi.

Kun davomida o‘tkazilgan tanlov, tadbir va musobaqalarda faol ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan talaba-yoshlar universitet rahbariyati tomonidan taqdirlandi.