Dunyodagi minglab kasblar orasida eng buyuk kasb – bu o’qituvchilik kasbidir. Chunki, o’qituvchilik toki hayot bor ekan, o’zining ma’no-mazmunini va olijanobligini, ahamiyati va hurmatini hech qachon yo’qotmaydi. Bugungi bayram dasturidan oʻrin olgan har bir badiiy chiqishda ana shu oʻzbekona qadriyat mujassam boʻldi.
1-oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Urganch davlat universitetida tashkil etilgan bayram tadbirida universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, tyutorlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Badiiy tadbirni universitet birinchi prorektori D.Ibadullayev tabrik so‘zi bilan ochib berib, Urganch davlat universiteti rektorining bayram tabrigini oʻqib eshittirdi.
Dastlab taʼlim sohasida samarali mehnat qilib, talaba-yoshlarning zamon talablari asosida puxta bilim olishlariga ulkan hissa qoʻshib kelayotgan bir guruh ustozlar universitet maʼmuriyati hamda Kasaba uyushma qoʻmitasi tomonidan munosib taqdirlandi.
Badiiy chiqishlarda Filologiya va sanʼat fakulteti Sanʻat kafedrasi “Jayxun” orkestr jamoasining goʻzal kuy- qoʻshiqlari, isteʼdodli talabalarning sheʼr va ashulalari ishtirokchilarga bayram shukuhini bagʻishladilar.