UrDUda ertalabki badantarbiya mashg’ulotlari olib borildi

Bugun erta tongdan Urganch davlat universitetida oliygoh professor-o’qituvchilari hamda TTJda yashovchi talabalar ishtirokida ertalabki badantarbiya mashg’ulotlari olib borildi. Unda mingdan oshiq talaba-yoshlar faol ishtirok etishdi. 

Shuningdek, “Sog'lom hayot sari 5000 qadam” shiori ostida oliygoh hududi bo’ylab yurish marafoni ham tashkil etildi. 

Ta’kidlash joizki, inson salomatligini asrash va mustahkamlash, qolaversa, uzoq umr ko'rishning garovi sog'lom turmush tarzi ekanligi bugun barchaga ayon haqiqat. Shu boisdan, barchaga muntazam ravishda sport bilan shug’ullanish tavsiya etiladi.