Bugun, 11-oktabr kuni Urganch davlat universitetida Filologiya va san'at fakulteti tashabbusi bilan an'anaviy tarzda o'tkazilib kelinayotgan "Kitobxon talaba" ko'rik-tanlovining navbatdagi soni o’tkazildi. Unda fakultetning professor-o'qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok qildi.
Tadbirning bu galgi soniga o'zbek tili ta'lim yo'nalishi talabalari uchun Tog'ay Murodning "Ot kishnagan oqshom", rus tili ta'lim yo'nalishi talabalari uchun Ivan Aleksandrovich Goncharovning "Oddiy voqea" (Обыкновенная история) asarlari tanlab olinib, unda 10 nafar ishtirokchi 2 shart davomida badiiy maydonda oʻzaro kuch sinashdilar.
Tadbir davomida 223- o'zbek tili guruhi talabalari sahna ko'rinishi, kuy-qo'shiq va go'zal raqslar namoyish etildi.
Har bir shart hakamlar hay'ati tomonidan munosib baholanib, tanlov g'oliblari diplom hamda esdalik sovg'alar bilan taqdirlandi.
Ta’kidlash joizki, mazkur tanlov talaba-yoshlarning kitobga bo'lgan mehrini yanada oshirish, kitobxonlik madaniyatini yoshlar orasida keng targ'ib qilish maqsadida tashkil etilishi bilan ahamiyatlidir.