2020 yil 10 yanvar kuni Kimyoviy texnologiyalar fakultetida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 muxim tashabbusning 4 yo‘nalishi bo‘yicha "Men sevib o‘qigan kitob" shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda kutubxonaga kelgan yangi adabiyotlar ko‘rgazmasi xam bo‘lib o‘tdi. Fakultetimiz talabalari yangi badiiy adabiyotlar bilan yaqindan tanishdilar. Tadbir talabalarda katta taassurot qoldirdi.