UrDU o'qituvchilari uchun xorijiy ekspert ishtirokida trening tashkil etildi.Bugun, 23-oktabr sanasida Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti professor-o’qituvchi va doktorantlariga Nukus davlat pedagogika institutida ishlayotgan AQSH Elchixonasi, Toshkent ELF (English Language Fellow) dasturi bo'yicha professor Djuzeppe Kyarmonte tomonidan “XXI asr ta’lim berish: zamonaviy yondashuv va metodlar, shaxsga yo’naltirilgan ta’lim” bo'yicha seminar-treining o'tkazildi. Seminar-treningda professor-o'qituvchilari qatnashdi. Unda Nukus davlat pedagogika instituti dotsenti D.Mamirbayeva va Urganch davlat universiteti "Ingliz tili va adabiyoti" kafedrasi dotsenti F.Masharipovalar yetakchi moderatorlik qilishdi. Trening davomida darsni samarali rejalashtirish, darsning SMART maqsadlariga erishish WEBB's DOK nazariyalarini amaliy mashg'ulotlar orqali tushuntirib berildi.