2024-yil 27-avgust kuni Xorazm viloyati “Ichan qal’a” majmuasida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizm yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
Yarmarka doirasida yangi turistik mahsulotlar taqdimoti hamda Xorazm viloyatida yangi turizm mavsumini ochilish marosimi o‘tkazildi. Tadbirda UrDU tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi ham ishtirok etdi. Shuningdek muzeyimiz tomonidan Ichan Qal’ada mustabid sovet rejimi davri siyosiy qatag‘onlari tarixiga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma ham tashkil etildi. UrDU tuzilmasidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi ichki turizmni rivojlantirishga qo‘shgan munosib xizmatlari uchun tashakkurnoma bilan taqdirlandi.