Urganch davlat universiteti tuzilmasidagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyida 31-avgust – “Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni”ga bag‘ishlab xotira tadbiri boʻlib oʻtdi.

Xotira tadbirida bir guruh faxriylar, nuroniylar, sobiq Shoʻro davrida qatagʻon qilingan ayrim yurtdoshlarimizning avlodlari, Ichki ishlar xodimlari, Yozuvchilar uyushmasi a′zolari, Mudofaa boshqarmasi a′zolari, Urganch shahrida joylashgan 53008-harbiy qism xizmatchilari ishtirok etdi.

????Tadbirni UrDU rektori Baxrom Abdullayev kirish soʻzi bilan ochib berib, Vatanimiz istiqloli, xalqimizning ozodligi va erkinligi, kelajak avlodlarning tinch va farovon hayotini taʼminlash yoʻlida mardonavor kurash olib borib, mustabid tuzum davrida qatagʻon qilingan ajdodlarimizning xotirasini abadiylashtirish, ularning faoliyati va merosini oʻrganish, targʻib etish borasida olib borilayotgan ishlar haqida toʻxtaldi. 

????Xotira tadbiri muzey direktori, t.f.n, dots. Y.Raxmanova moderatorligida boʻlib oʻtdi. Unda tadbirga tashrif buyurgan koʻplab mehmonlarning maʼruzalari tinglanib, oʼtganlar xotirlandi.
Shundan soʻng, ishtirokchilar muzeyning nodir kolleksiyasi bilan ham yaqindan tanishish imkoniyatiga ega boʻldilar.