Joriy yilning 29-oktabr kuni Urganch davlat universiteti Filologiya va san'at fakultetida so'z mulkining sultoni Alisher Navoiy ijodini, boy adabiy merosini chuqur oʻrganish, uning asarlari mazmun-mohiyatini teran anglash maqsadida universitet talabalari ishtirokida anʼanaviy tarzda oʻtkazilib kelinayotgan "Navoiyxon talaba" ko‘rik- tanlovining navbatdagi soni bo'lib o'tdi. Tadbirni Filologiya va san'at fakulteti dekani D.Gʻayipov ochib berdi.

Tanlov ishtirokchilar orasidagi savol-javob, bahs-munozaralar va talabalar tomonidan o’qilgan Alisher Navoiy lirikasidan namunalar orqali 3 shart asosida boʻlib oʻtdi.

Badiiy qism Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili ta'lim yo'nalishi 215-guruh talabalarining chiqishlari, Navoiy hayoti bòyicha  tayyorlangan videorolik hamda kuy-qoʻshiq va go'zal raqslar bilan yanada jonli tus oldi.

Tadbir yakunida fakultet professor-oʻqituvchilari g'olib talabalarni samimiy tabriklab, Diplom va esdalik sovg'alarini topshirishdi.