1-Oktabr - Ustoz va murabbiylar kuni

              Bugun Urganch davlat universiteti  Filologiya va sanʼat fakulteti talabalari "1- oktabr- Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan fakultetimizning bir qator  faxriy ustozlarni eʼtirof etish, ularni hayotiy va ilmiy tajribalarini o'rganish  an'anasini davom ettirib, bir qator faxriy ustozlarimizni bayram bilan tabrikladilar Shu jumladan,"Rus tili va adabiyoti" kafedrasi dotsenti Salayev Qadam Babajanovich,Avezdjanova Raisa Mulladjanovna, Ruzmetova Zulfiyalarni bayram bilan samimiy qutladilar. Darhaqiqat, ustozning namunali hayot yo'li, uzoq yillik samarali ish faoliyati, ilmiy-pedagogik tajribalari shogirdlar uchun hamisha ulkan hayot maktabi bo'lib kelgan va ularning mehnatlari doim qadrlangan.

           Kirib kelayotgan bayramingiz muborak bo'lsin, aziz ustozlar!