Ilmiy-nazariy seminar

Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti "Ingliz tili va adabiyoti" kafedrasida 2024-yil 31-oktabr kuni 447-xonada navbatdagi ilmiy-nazariy seminar bo'lib o'tdi.Ilmiy-nazariy seminarda "Ingliz tili adabiyoti" kafedrasi professor-o'qituvchilar qatnashdilar. Seminarda kafedra katta o'qituvchisi  Atajanova Surayyoning "The role of digital technology in assessing language skills" mavzusidagi ma'ruzasi tinglandi. Seminar juda qizg'in va ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi. Shundan so'ng kafedra professor-o'qituvchilari mavzu bo'yicha o'z fikr va mulohazalarini bildirdilar.