Bugun, 9-noyabr kuni Xorijiy filologiya fakulteti “Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasi stajyor-oʻqituvchisi Dilnavoz Yusupova tomonidan Og'zaki nutq amaliyoti fanidan 1-kurs talabalari ishtirokida "Creativity " mavzusida ochiq dars mashg'uloti tashkil etildi. Turli interaktiv metodlar orqali o’tkazilgan ochiq dars mashg’ulotida kafedra mudiri R.Abidova hamda kafedra oʻqituvchilari qatnashib, dars va talabalar tayyorgarligi boʻyicha o'zlarining fikr va tavsiyalarini bildirib oʻtishdi.