Bugun 20224 yil 20 noyabr kuni Urganch Davlat universiteti “Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari” kafedrasi o'qituvchisi Jumagul matyaqubovaning “Sochiluvchan materiallarini tashish va tozalash uchun resurstejamkor vintli konveyer konstruksiyasini ishlab chiqish” mavzusidagi ma’ruzasi bo’lib o’tdi. Seminarda Urganch davlat universiteti “Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari” kafedrasi professor o'qituvchilariva xodimlari qatnashdilar. Ma’ruzada mavzu yuzasidan olingan yangi natijalar va o’z yechimini kutayotgan galdagi muammolar haqida gapirildi. Shuningdek qo’yilgan dolzarb masalalarga xorijiy olimlar tomonidan taklif etilgan yondashuvlar ham tahlil qilib berildi.
