Rektor bilan xayrlashuv marosimi o'tkazildi

Urganch davlat universiteti rektori, fizika-matematika fanlari doktori, professor Abdullayev Baxrom Ismoilovichning Oliy Majlis senatining  Fan, taʼlim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi etib saylangani munosabati bilan jamoa bilan xayrlashuv marosimi bo'lib o'tdi.

Hurmatli ustoz, fizika-matematika fanlari doktori, professor Abdullayev Baxrom Ismoilovich qariyb 10 yil mobaynida Urganch davlat universitetida rektor  lavozimida faoliyat olib bordi.

Ustozning jonkuyarliklari, tinimsiz mehnatlari hamda shu davr mobaynida olib borgan samarali faoliyati o’laroq Urganch davlat universitetida ilm-fan, ta’lim, pedagoglar salohiyati, shuningdek, oliygohning moddiy texnik bazasida ijobiy o’zgarishlar bo’ldi. 

Ustozimiz o‘z faoliyatlari davomida oliygoh talaba-yoshlarning sifatli bilim olib yaxshi kadr bo‘lib yetishishlarida o‘zining katta hissasini qo‘shgan bo‘lsa, endilikda butun O‘zbekiston yoshlarining ilmli, salohiyati yuksak, barkamol bo‘lib yetishishlarida hamda ilm-fan ravnaqi yo‘lida shijoat bilan mehnat qilishlariga ishonchimiz komil.

Jamoa bilan xayrlashuv marosimida universitet professor-o'qituvchilari tomonidan ustozga iliq fikrlar bildirilib, insoniy fazilatlari e'tirof etildi hamda jamoa a'zolarining samimiy minnatdorchiligi bildirildi. Shuningdek,  Fan, taʼlim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi B.Abdullayev Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyrug'iga asosan, bugungi kunga qadar universitet O'quv ishlari bo'yicha prorektori S.Xodjaniyozovni Urganch davlat universitetining rektor vazifasini bajaruvchisi etib tayinladi.