23-27-noyabr kunlari Namanganda para stol tennisi bo'yicha yoshlar va kattalar o'rtasida O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi. Unda Urganch davlat universiteti Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakultetining ikki nafar talabasi, Nilufar Nurmetova va Rasulbek Atamuratovlar J.Adambayev murabbiyligida g'olib bo'lib, Oltin medalni qo'lga kiritishdi.
G'oliblikni qo'lga kiritgan talabalarni va ularning murabbiylarini tabriklab, bundan keyingi ishlariga zafar hamda omadlar tilab qolamiz!