FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETIDA OTA-ONALAR BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

Bugun, 28-noyabr kuni Fizika-matematika fakulteti talabalarining ota-onalari bilan universitet rahbariyatining uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Unda birinchi prorektor D.Ibadullayev, rektor maslahatchisi A.Shakarov hamda fakultet dekani J.Xoʻjamovlar tomonidan oliy ta’limdagi islohotlar, erishilgan yutuqlar, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, talabalarning darsdan bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda olib borilayotgan ishlar, universitet ichki-tartib qoidalari, “Odob-axloq kodeksi”, kredit-modul tizimi haqida soʻz yuritildi.
Shuningdek, talabalarning maʼnaviy-axloqiy holatiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi turli huquqbuzarlik va korrupsion holatlarni oldini olishda ota-onalar bilan hamkorlikda ishlash lozimligi haqida taʻkidlanib, ota-onalarning ham fikr-mulohazalari, takliflari tinglandi.

Uchrashuvdan soʻng, ota-onalar fakultetda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.