“Eng yaxshi videoroliklar” Respublika ko’rik-tanlovining Urganch davlat universiteti bosqichi bo’lib o’tdi

Xabaringiz bor, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Korrupsiyadan holi ta’lim muassasasi” mavzusida “Eng yaxshi videoroliklar” tanlovi e’lon qilingan edi.

Bugun, 30-noyabr kuni mazkur ko’rik-tanlovining Urganch davlat universiteti bosqichi bo’lib o’tdi. Tanlovni universitet birinchi prorektori D.Ibadullayev kirish so’zi bilan ochib berdi. Unda oliygohning barcha fakultetlaridan 20 nafarga yaqin iqtidorli talabalar mavzu yuzasidan tayyorlagan videoroliklari bilan ishtirok etishdi.  Tanlovda ishtirokchilarning ishlari hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholab borildi. 

Natijalarga koʻra:

1-oʻrin –  Texnika fakulteti 4-kurs talabasi Ruziboyev Diyorbek; 
2-oʻrin – Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakulteti 1-kurs talabasi Roʻzmetov Behruzbek;
3-oʻrin – Filologiya va sanʼat fakulteti 1-kurs talabasi Yoqubboyev Mirkomil;
3-oʻrin – Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti 2-kurs talabasi Taganova Jamola.

1-2 oʻrinni qoʻlga kiritgan talabalar tanlovning Respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi. 

Talabalarimizga keyingi bosqichida ham omad yor boʻlsin!