Ilmiy-nazariy seminar

Bugun, ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi Rahmonova Sanobar Madaminovnaning "Mamlakatshunoslik faniga oid terminlarning chog'ishtirma tadqiqi (O'zbek, ingliz va koreys tillari misolida) " mavzusida iliy-nazaiy seminari o'tkazildi. Seminarda quyidagi ma'lumotlar aytib o'tildi. Mamlakatshunoslik faniga oid terminlarning o‘zbek, ingliz va koreys tillaridagi leksik-semantik xususiyatlarini chog‘ishtirma o‘rganish bu tillar o‘rtasidagi lingvistik va madaniy aloqalarni chuqurroq anglashga xizmat qiladi. Har bir tilning mamlakatshunoslikka oid terminologiyasi milliy mentalitet, madaniy qadriyatlar va tarixiy jarayonlarni aks ettiradi. Ingliz tili global til sifatida zamonaviy siyosiy va ijtimoiy tushunchalarni belgilashda yetakchi rol o‘ynasa, koreys tili o‘zining xitoy yozuv tizimiga asoslangan tarixiy ildizlari va zamonaviy neologizmlari bilan ajralib turadi. O‘zbek tili esa turkiy, forsiy va arabiy qatlamlar hamda zamonaviy xalqaro terminlarni moslashtirish orqali o‘z terminologik bazasini boyitib bormoqda. Ushbu tadqiqot uch tildagi mamlakatshunoslik terminlarining shakllanishi, mazmuni va tarjima masalalarini qiyosiy tahlil qilishni maqsad qilib qo‘yadi. Seminarda barcha o'qituvchilar mavzu bo'yicha  savollarga javob olishdi.