Matbuot anjumani

Bugun, 14-dekabr kuni Urganch davlat universitetida "Oliy taʼlim islohotlari: muammolar, yechimlar, yutuqlar" mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. 

Anjumanda universitet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zafarbek Ibragimov tomonidan oliyhogning barcha yo‘nalishlari kesimida olib borilgan ishlar, yutuq va natijalar hamda kelgusidagi rejalar haqida maʻlumotlar berildi. 

Xususan,  oliygohda mavjud yo’nalishlar, talabalar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar, universitetning xalqaro reytingdagi o’rni va uning tobora oshib borayotganligi hamda xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar, professor-o’qituvchilarning chet elda malaka oshirib kelishlari to’g’risida so’z yuritildi.

Anjuman yakunida ishtirokchilarning savollariga atroflicha javob berildi.