✅2024-yil 19-dekabr kuni Xorazm viloyati hokimligi huzuridagi FO‘O‘BOXMOB o‘quv kurslarining bir guruh MFY raislaridan iborat tinglovchilari uchun "Mahallalarda korrupsiya xavfini kamaytirish omillari" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Unda Urganch davlat universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i X.Shixova ishtirok etib, yurtimizda korrupsion holatlarni oldini olish borasida amalga oshirilayatogan ishlar to'g'risida ma'lumotlar berib o’tdi. Shuningdek, korrupsiyaning har qanday ko’rinishlariga murosasiz bo’lishga chorladi.