Joriy yilning 24-dekabr kuni Urganch davlat universiteti qoshidagi Gurlan tuman 2-son kasb-hunar maktabi faoliyatini yanada rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish hamda ish beruvchilar bilan hamkorligini yanada kuchaytirish bo’yicha tuzilgan yo'l xaritasi ijrosini ta'minlash maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda
????Xususan, universitetning Kimyoviy texnologiyalar fakulteti Kimyoviy texnologiyalar kafedrasi tomonidan “Xorijiy tillarni o‘rganish” bo‘yicha o‘quv-uslubiy seminar tashkil эtildi. Mazkur politexnikumdagi o‘quv-uslubiy seminar kafedra mudiri Sh. K. Aitova va professor-o'qituvchilari A.Jumaniyazov, E. Xudayberganovllar tomonidan tashkillashtirildi.