2025-yil 6-yanvar kuni soat 15:30 da asosiy binoning 101-xonasida “Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari” fakulteti “Kimyo” kafedrasi o‘qituvchisi Eshchanov Xushnudbek Odilbekovichning “Molekulyar doking dasturlarida ishlashni zamonaviy dasturlar yordamida tushuntirish” mavzusidagi ilmiy-uslubiy seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda Kimyo kafedrasining ko'pchilik a'zolari ishtirok qilishdilar va molekulyar doking hisoblash usullari bo'yicha ma'lumotlarni tinglashdilar. X. Eshchanov tomonidan molekulyar dokingga asoslangan asosiy dasturlarda ishlash qoidalari haqida tushunchalar berilib, ushbu dasturlarni talabalarga dars jarayonlarida ham o'rgatilayotganligi va amalda qo'llash ko'nikmalarini shakllantirish bo'yicha ishlar olib borilganligini ham aytib o'tdi. Qatnashuvchilar mavzu bo'yicha o'zlarini qiziqtirgan savollarni berishib, ijobiy javoblarni olishdilar.