7-yanvar kuni Urganch davlat universiteti Kimyoviy texnologiyalar fakulteti "Kimyoviy texnologiyalar" kefedrasi mudiri Sh.Aitova, fakultet tyutori G.Davletova, Beruniy nomidagi davlat stipendiyalari sohibalari U.Boltaboyeva, D.Davletova hamda "Rektor" stipendiyasi sohibasi A.Yo'ldashevalar Xorazm MTRK ning "Assalom, Xorazm!" dasturida chiqish qilishib, ilmli, ziyoli, iqtidorli qizlarni tarbiyalash, ularning isteʼdodini ro'yobga chiqarishga ko'maklashish hamda qo'llab-quvvatlash uchun mamlakatimizda xotin-qizlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, bu borada Urganch davlat universitetida amalga oshirilgan ishlar, ayniqsa, o’quv yili mobaynida o’zlari erishgan yutuqlari haqida fikr yuritishdi.
https://youtu.be/6I5pr7muDj0