Buxoro davlat universiteti tayanch doktoranti Ganiyev Baxtiyor Shukurulloyevichning “3d -metall ionlarining tarkibida O,N,S-tutgan organik ligandlar bilan kompleks birikmalari sintezi va tadqiqi” mavzusidagi ilmiy seminari boʻlib oʻtdi

Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/30.12.2019.К.72.01 raqamli Ilmiy kengash tomonidan himoyaga qabul qilingan BuxDU tayanch doktoranti Ganiyev Baxtiyor Shukurulloyevichning 02.00.01 – Noorganik kimyo ixtisosligi bo‘yicha “3d -metall ionlarining tarkibida O,N,S-tutgan organik ligandlar bilan kompleks birikmalari sintezi va tadqiqi” mavzusidagi kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan doktorlik dissertatsiya ishi 10-fevral kuni yetakchi tashkilot Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida ilmiy seminari boʻlib oʻtdi. Seminarda Kimyo kafedrasining ko'plab a'zolari, doktorantlar va magistrantlar ishtirok qilishdi. Ma'ruza yakunlangandan keyin ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarni doktorantga berishdilar va ijobiy javoblarni olishdilar. Ishtirokchilar tomonidan dissertatsiya ishidagi a'lohida yutuqlar ham e'tirof qilindi va himoyaga tavsiya qilindi.