19-fevral kuni soat 15:30 da Bosh binoning 101-xonasida “Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari” fakulteti “Kimyo” kafedrasi dotsenti k.f.f.d (PhD) Niyazmetov Azamat Rahmatjonovichning “Xinolin alkaloidi Buxarain asosida sintezlar” mavzusidagi ilmiy-nazariy seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda Kimyo kafedrasining ko'plab a'zolari, magistrantlar va tadqiqotchilar qatnashdilar. Seminarda xinolin alkaloidi asosidagi sintezlar haqida erishilgan ilmiy yutuqlar haqida ma'lumotlar ko'rsatildi va tushuntirildi. Mavzu yuzasidan qantashuvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarini berishdilar va ijobiy javoblar olishdilar. Seminar juda qiziqarli va munozaralarga boy tarzda o'tdi.