Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti "Roman - german filologiyasi " kafedrasida 2024-yil 30 - oktabr kuni 432-xonada navbatdagi ilmiy-nazariy seminar bo'lib o'tdi.
Ilmiy-nazariy seminarda "Roman - german filologiyasi " kafedrasi professor-o'qituvchilari va talabalari qatnashdilar.
Seminarda kafedra katta o'qituvchisi Xo'jayeva Zulayho Xolmatovna "O'zbek va fransuz tillaridagi ayrim somatizm komponentli birliklarning semantik tahlili " mavzusidagi ma'ruzasi tinglandi.
Seminar juda qizg'in va ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi. Shundan so'ng kafedra professor-o'qituvchilari mavzu bo'yicha o'z fikr va mulohazalarini bildirdilar.