Bugun, 27-fevral kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida "Yosh notiqlar" ko'rik-tanlovining final soni bo'lib o'tdi.Tanlovda universitetning yosh iqtidor egalari ikki bosqich asosida bellashdilar.Har bir notiq o‘zining mahoratini, ta’sirchan nutqini va auditoriyani jalb qilish qobiliyatini namoyish etdi. Ular belgilangan mavzularda nutq so‘zlab, mantiqiy fikrlab, aniq dalillar keltirishdi.
Natijalar quyidagicha bo'ldi:
1-o'rin: Rahimova Dilrabo 211-o'zbek tili guruhi talabasi (4,5 mln so'm pul yutug'i);
2-o'rin: Rahmonova Lolagul 211-rus tili guruhi talabasi;
3-o'rin: Ro'zmetova Zahro 222-o'zbek tili guruhi talabasi.
Ko'rik-tanlov yakunida Filologiya va san'at fakulteti dekani, professor D.G'ayipov hamda fakultet professor-o'qituvchilari tanlov g'oliblarini va faol ishtirokchilarni munosib taqdirladi. Mazkur tanlov talabalar o‘rtasida notiqlik san’atini rivojlantirish, ularda sahna madaniyatini shakllantirish hamda o‘z fikrini ravon va asosli ifodalash qobiliyatini oshirishga xizmat qiladi.