13-mart kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti maʼmuriyati va Kasaba uyushma qoʻmitasi oʻrtasida 2023-2025-yillarga moʻljallab tuzilgan Jamoa shartnomasi bandlarining 2024-yilda bajarilishi va 2025-yil uchun jamoa shartnomasiga kiritiladigan o'zgartirish va qo'shimchalarni tasdiqlashga bagʻishlangan konferensiya boʻlib oʻtdi.
Unda fakultet va boʻlimlardan 124 nafar delegatlar ishtirok etdi. Konferensiyani birinchi prorektor D.Ibadullayev olib bordi. Unda universitet rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov va Kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi Q.Xamrayevning “UrDU ma’muriyati bilan kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida tuzilgan Jamoa shartnomasi bandlarining 2024-yildagi bajarilish ahvoli” mavzusidagi hisoboti tinglandi.
Shundan soʻng, “UrDU ma’muriyati bilan boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida xodimlar va talabalarning mehnatini muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasini ta’minlash ishlari bo‘yicha 2024-yil uchun tuzilgan kelishuv bandlarinig bajarilishi va 2025-yil uchun kelishuvni tasdiqlash”, “Jamoa shartnomasi bandlarining 2024-yildagi bajarilish yakunlari yuzasidan maxsus komissiya Akt-dalolatnomasini tasdiqlash” masalalari muhokama qilinib, bu borada delegatlarning taklif va tashabbuslari tinglandi.
Yigʻilish natijalariga koʻra, 2025-yilda kasaba uyushma aʼzolari va ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoya qilish ishlarini yanada yaxshilash maqsadida universitet ma’muriyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida 2023-2025-yillar uchun tuzilgan Jamoa shartnomasiga 2025 uchun kiritiladigan qo'shimcha va o'zgartirishlar tasdiqlandi.